23:08 / 10.04.2017
7802

Amerikalik 2 metrlik pitonni tizginsiz sayr qildirgani uchun jarimaga tortildi

AQShning Janubiy Dakota shtatida yashovchi erkak uyida boqadigan qirol pitonini tizginsiz sayr qildirgani uchun politsiya tomondan jarimaga tortildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda .

Ilon egasining aytishicha, u ilon bilan bog‘da sayr qilib yurganda, hayvonlarni nazorat qilish xizmati zobiti kelib, "ilonni arqon bilan bog‘lab qo‘yishni" so‘ragan. Ilon egasi bu iltimosni "1 aprel hazili" deb qabul qilgan. Biroq bir oz vaqtdan keyin uning nomiga "uy hayvonini tizginsiz sayr qildirish uchun" 190 dollarlik jarima kelgan.

Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, ikki metrlik bo‘g‘ma ilonning bog‘da kutilmaganda paydo bo‘lishi bog‘ga tashrif buyurganlardan birini achchiqlantirgan va aynan shu kishi politsiyaga ilon egasining harakatlari qanchalik qonunga mos kelishini tekshirish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Hayvonlarni nazorat qilish xizmati vakilining aytishicha, mahalliy qonunchilik ta'siri ostiga barcha uy hayvonlari istisnosiz tushadi. Uning aytishicha, ilonni yetaklab yurmay, ko‘chaga maxsus konteynerda ham olib chiqish mumkin edi.

Mavzuga oid
Top