16:28 / 10.04.2017
7476

«Real» – «Bavariya» Ritstsoli bilan, UYeFA chorak finalda ishlaydigan hakamlar nomini ma'lum qildi

UYeFA Yevropa chempionlar ligasining 1/4 final dastlabki uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar nomini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan «Yuventus» va «Barselona» jamoalari uchrashuvini polshalik Shimon Marchinyak, «Borussiya» Dortmund – «Monako» uchrashuvini esa italiyalik Daniele Orsato boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

12 aprelga mo‘ljallangan «Bavariya» – «Real» uchrashuvini esa italiyalik Nikola Ritstsoli, «Atletiko» va «Lester» uchrashuvini esa shvetsiyalik Yunas Eriksson rahbarligidagi hakamlar guruhi o‘tkazadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvlar 11-12 aprel kunlari Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Top