23:44 / 10.04.2017
8781

«Real»ning ikki futbolchisi Turkiyaga yo‘l olishi mumkin

«Real»ning chap qanot himoyachisi Fabiu Koentrau Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Hurriyet nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, turk klubi 29 yoshli futbolchi LionelKarolning o‘rnini egallashi kerak bo‘ladi. Yozda futbolchi 5-6 million yevro evaziga sotib yuborilishi kutilmoqda.

«Galatasaroy» Koentrau uchun 4 million yevro berishga tayyor. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda «Real» tarkibida bor-yo‘g‘i 4ta o‘yinda maydonga tushgan.

Turklar shuningdek, madridliklarning yana bir portugaliyalik futbolchisi – 34 yoshli Pepeni ham o‘z jamoasiga ko‘rishni istamoqda.

Top