09:27 / 10.04.2017
9802

O‘zbekiston-Rossiya universitetlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti rektori Viktor Antonovich Sadovnichiy bilan uchrashib, ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumini imzoladi.

Unda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik – talabalar almashinuvi, ilmiy yo‘nalishdagi yosh olimlar hamkorligini kuchaytirish, yosh mutaxassislar malakasini oshirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda tajriba almashish masalalari ko‘zda tutilgan. Bu kelishuv ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga qadam tashlaganidan dalolat beradi. 

Ma'lumot o‘rnida: delegatsiyaga Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Majid Malikovich Karimov rahbarlik qilmoqda. 

Top