15:06 / 10.04.2017
15864

Video: Xitoyda yer yuzidan 200 metr balandlikda sayr yo‘lakchasi qurildi

Xitoy janubi-g‘arbidagi Chuntsin shahri yaqinida “Osmon yo‘lagi” (Sky Corridor) nomli noodatiy sayr yo‘lakchasi ochildi. U yer yuzidan 200 metr balandlikda joylashgan. Shishali polga ega po‘lat konstruksiya tog‘ tepasidan 80 metrlik uzunlikda chiqib turadi. Yo‘lakdan Xitoydagi eng mashhur joylardan biri – toshli o‘rmonga ajoyib manzara ochiladi. Bu haqda 9Elsewhere xabar bermoqda.

Yaqin orada Chuntsinda Tsinmin marhumlarini xotirlash an'anaviy festivali bo‘lib o‘tadi. Bayram davomida shaharga 10 mingga yaqin sayyoh kelishi kutilmoqda. Ular bilan birga, yo‘lakni dunyodagi eng uzun shunday joy sifatida qayd etish maqsadida Ginnessning rekordlar Kitobi komissiyasi ham keladi. Avvalgisi 2007 yilda AQShda ochilgan bo‘lib, 21 metr uzunlikka ega bo‘lgan.

Top