19:00 / 11.04.2017
14370

AQSh davlat kotibi Moskvaga yetib keldi

Foto: AFP

11 aprelda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Moskvaga yetib keldi. U 12 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazadi. 

Tillersonning samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 16:38da Vnukovo aeroportiga kelib qo‘ndi.

Bu Tillersonning AQSh davlat kotibi sifatida Rossiyaga birinchi tashrifidir. Rossiya tashqi ishlar vazirligida sermahsul muzokaralar bo‘lib o‘tishiga umid qilindi. Tomonlar Suriya, Liviya, Shimoliy Koreya, Ukrainadagi vaziyatni hamda ayni vaqtda "sovuq urushdan beri eng murakkab davrni boshdan kechirayotgan" ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishlari kutilmoqda.  

Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan haftada AQSh Suriyadagi Shayrat aviabazasiga raketa zarbasi bergandan keyin keskin yomonlashib ketdi.  

Top