17:27 / 11.04.2017
32589

«Shimoliy Koreya jiddiy muammo qarshisida». Tramp tahdid qilishga o‘tdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya jiddiy muammoga duch kelayotganini ta'kidladi. Uning aytishicha, bu borada Xitoy bilan ham gaplashib olgan.

«Men Xitoy prezidentiga aniq qilib tushuntirdimki, agar Xitoy Shimoliy Koreya muammosini hal qilsa, ular bilan savdo aloqalarimiz uzoq vaqt davom etadi. Shimoliy Koreya jiddiy muammoga duch kelmoqda. Agar u yerdagi muammoli vaziyatni hal qilishda Xitoy bizga yordam bermasa, bu ishni ularsiz ham uddalaymiz. Ha, ha, o‘zimiz. AQSh»,- deb yozadi Tramp tvitterdagi mikroblogida.

Avvalroq Suriyadagi aviabazaga zarba bergan harbiy kema Koreya yarimoroliga yaqinlashgani xabar qilingan edi.

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining zarbdor guruhi Koreya yarim oroliga yo‘llandi

Mavzuga oid
Top