12:30 / 11.04.2017
22826

«Qozoqlar NUJi» ijtimoiy tarmoqda shov-shuv ko‘tardi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Birobidjan shahrida tasvirga olingani aytilayotgan «Noma'lum uchar jism» videosi paydo bo‘ldi. Video muallifi 3ta «NUJ»ni elektr nimstansiyasi atrofida ko‘rganini aytgan.

Ushbu rolik 1 aprel kuni «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan.

Shundan so‘ng, bu video qozog‘istonlik internet foydalanuvchilari orasida tarqalgan va mashhurlashgan. Ular bu video Qozog‘iston hududida tasvirga olingani haqida yoza boshlashgan.

Keyinchalik, bu birinchi aprel hazili ekani ayon bo‘lgan.

Mutaxassis bu video Adobe After Effects dasturi orqali tayyorlanganini aytdi.

Top