00:15 / 11.04.2017
10700

Sayohatchilar dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasini tanlab berishdi

Dubayda joylashgan Emirates aviakompaniyasi Travelers' Choice 2017 (Sayohatchilar tanlovi) mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu aviakompaniya eng yaxshi ekonom sinf va eng yaxshi birinchi sinfga ega aviakompaniya deb topildi.  

Bu borada 2-o‘rinni Singapurning Singapore Airlines milliy aviakompaniyasi egalladi. Braziliyaning Azul loukosteri yetakchi uchtalikni yakunlamoqda. 4-o‘rinni AQShning JetBlue Airways, 5-o‘rinni Yangi Zelandiyaning Air New Zealand aviakompaniyalari egalladi. 

Yetakchi o‘ntalikdan shuningdek Janubiy Koreyaning Korean Air, Yaponiyaning Japan Airlines, Tailandning Thai Smile, AQShning Alaska Airlines va Indoneziyaning Garuda Indonesia aviakompaniyalari o‘rin olgan.

Travelers' Choice mukofoti TripAdvisor saytida sayyohlar tomondan qoldirilgan fikrlar asosidataqdim etiladi. Bunda berilgan izohlarning ham sifati, ham miqdori hisobga olinadi.

Mavzuga oid
Top