23:38 / 11.04.2017
21926

Sankt-Peterburgda bir necha avtomobil qaynoq suvga sho‘ng‘idi

Sankt-Peterburgning Sergey Yesenin ko‘chasi hududidagi hovlilardan birida to‘xtab turgan o‘nlab avtomobil qaynoq suv oqimi iskanjasida qoldi, ikki avtomobil esa yerda paydo bo‘lgan qaynoq suvli ko‘lmakka g‘arq bo‘lgan.

Guvohlarning fikricha, favqulodda holatga "Issiqlik energetika kompleksi" davlati unitar korxonasi tomonidan tajriba ishlari olib borilayotgan chog‘da suv quvurining yorilib ketishi sabab bo‘lgan. "DTP i ChP Sankt-Peterburg" hamjamiyati tomonidan olingan suratlarga ko‘ra, qaynoq suv favvorasi asfaltni yorib otilayotgani tasvirlangan. Tez orada issiq suv yon atrofdagi hovlilargacha bostirib borgan. Voqea 11 aprel, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 atrofida ro‘y bergan.

Mavzuga oid
Top