13:09 / 11.04.2017
17494

Taxtako‘pir tumani hokimi o‘zgardi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kruz.uz xabar berdi.

Unda tuman hokimi lavozimiga "Adilet-Taxta" mashina-traktor parki boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Adilov Jambul Ag‘itayevich nomzodi taklif etildi.

Sessiyada J.Adilov Taxtako‘pir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Top