07:45 / 11.04.2017
6862

Tesla qiymati bo‘yicha AQShning eng yirik avtokompaniyasiga aylandi

Elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla aviakompaniyasi kapitallashuvi hajmi bo‘yicha General Motors korporatsiyasini ortda qoldirib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha AQShdagi eng yirik avtokompaniyaga aylandi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.  

Axborot agentligining ma'lum qilishicha, Tesla’ning aksiyalari 3,7 foizga ko‘tarilib, uning bozor narxi 51 mlrd dollargacha oshgan.  

Kompaniya GM’dan taxminan 1,7 mlrd dollar qimmatroqqa baholangan.

Mavzuga oid
Top