18:03 / 11.04.2017
5776

O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi kengaymoqda

Allom Iqbol nomidagi “Lahor” xalqaro aeroportida 5 aprel kuni O‘zbekiston diplomatik missiyasi tomonidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Toshkent-Lahor yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysi qabul qilinishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni O‘zbekiston elchixonasi MAKning Lahor shahridagi vakolatxonasi bilan maxsus uchrashuv tashkil etdi. Unda ishtirokchilar O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlar jarayoni bilan tanishtirildi. 

Tadbir davomida Toshkent, Samarqand, Xiva, Buxoroning diqqatga sazovor joylari haqidagi hujjatli film namoyish etildi. Alohida video-taqdimotda O‘zbekistonning turistik sohasi rivoji, zamonaviy mehmonxona majmualari rivojlanishi, transport va servis infratuzilmasi haqida ma'lumot berildi.

Top