13:53 / 12.04.2017
60828

Diqqat: “O‘zavtosanoat” faoliyatining tanqidiy tahlili

12 aprel soat 20:05 da “O‘zbekiston” telekanalida “Muloqot va manfaat” nomli tahliliy ko‘rsatuv efirga uzatiladi. Ko‘rsatuv davomida “O‘zavtosanoat” faoliyatiga oid quyidagi masalalar tanqidiy ruhda muhokama etiladi:  

- avtomobil sotib olishga shartnoma tuzish navbatining ochiq va oshkora emasligi;

- to‘lovlarni bank plastik kartochkasi orqali amalga oshirish muammo bo‘layotgani;

- avtomobilni shartnomada ko‘rsatilgan muddatda berilmayotgani;

- jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalarda iste'molchilar huquqlarini cheklovchi va ishlab chiqaruvchilar manfaatiga xizmat qiluvchi shartlar kiritilganligi;

- yangi avtomobilda bir qator nosozliklar mavjudligi;

- kreditga avtomobil sotib olish qiyinligidan norozilik mazmunidagi murojaatlarni tashkil etadi.

Ko‘rsatuvda “GM O‘zbekiston” AJ  bosh direktori v.b. Rustam Rajabov, “GM O‘zbekiston” AJ Marketing, savdo va avtoservis bo‘yicha boshqaruvchi direktori Muhiddin Sultonov, “O‘zavtotexxizmat” MChJ boshqaruvi raisi Botirxo‘ja Sidiqov, “Asaka” AT bank departament direktori Behzod Abduraxmanov, “Asaka” AT bank departament direktori o‘rinbosari Farrux To‘lavov, Davlat Raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dilshod Azimovlar ishtirok etadi.

Tas-Ix (Mover) da ko‘rish

Youtube`da ko‘rish

Top