08:26 / 12.04.2017
16830

Donald Tramp: AQSh "Suriyaga kirmaydi"

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya masalasi borasida Vashington rejasiga oydinlik kiritdi. Uning bayonot berishicha, Amerika "Suriyaga kirmaydi".

"Biz Suriyaga bormaymiz", — degan Tramp Fox Business telekanaliga bergan intervyusida. 

Biroq, Tramp o‘z so‘zlarini ortiqcha izohlamagan. 

Shu bilan birga, u AQShning o‘tgan hafta Suriya qurolli kuchlari aviabazasiga bergan zarbalarini zarurat tufayli amalga oshirilganini aytib, buni aslida Barak Obama ma'muriyati amalga oshirishi kerak bo‘lgani haqida so‘z yuritgan. 

Vashington va uning ittifoqchilari Suriya armiyasini 4 aprel kuni Idlibda kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi. 

Top