16:48 / 12.04.2017
8111

Luis Enrike: «Neymarning diskvalifikatsiyasidan ko‘ra, Dortmunddagi xabar ko‘proq xafa qildi»

«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike kataloniyaliklar hujumchisi Neymarning uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ko‘k-anorranglilar ustozi bu qarordan ajablanmagan.

«Bizni ko‘proq «Borussiya» Dortmunddagi xabar ko‘proq xafa qildi. Neymarning diskvalifikatsiyasisi esa bir necha omillarni to‘g‘ri deb qabul qiladigan bo‘lsak, hech kimni ajablantirmasligi kerak. Shunday ekan, men bu qarordan hayron bo‘lmadim», — deya Luis Enrikning so‘zlarini keltiradi Marca.

Neymar Ispaniya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan «Malaga»ga qarshi uchrashuvda (0:2) qizil kartochka olgach, hakamning qarorini kinoyali qarsaklar bilan qarshi olgani uchun uch uchrashuvga chetlatilgan. Natijada u jamoaning «Real Sosedad» (15 aprel), «Real» (23 aprel) va «Osasuna»ga (26 aprel) qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.

Manba: Tribuna.Uz

Top