15:28 / 12.04.2017
12661

Peterburgdagi terakt qurbonlari soni 15 nafarga yetdi

Sankt-Peterburgdagi metroda sodir etilgan portlash natijasida jabrlanganlardan biri chorshanba kuniga o‘tar kechasi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida shahar vitse-gubernatori Anna Mityaninaning so‘zlariga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi

"Bugun soat 00:35 da Harbiy-tibbiyot akademiyasida og‘ir jarohat olganlardan biri hayotdan ko‘z yumdi", - deb yozdi u o‘zining Twitter mikroblogida. 

Shunday qilib, terakt natijasida halok bo‘lganlarning umumiy soni 15 nafarga yetdi. Xudkushning o‘zi ham shular jumlasidandir.

3 aprel kuni kunduzi "Sennaya ploshchad" va  "Texnologicheskiy institut-2" stansiyalari o‘rtasida portlash ro‘y berdi. "Ploshchad Vosstaniya" bekatidagi portlashni esa, barataraf qilishning uddasidan chiqildi. Portlashda umumiy hisobda 100 dan ziyod kishi jabrlandi.

Tergov versiyasiga ko‘ra, terakt ijrochisi qirg‘izistonlik Akbarjon Jalilov bo‘lgan. U "Ploshchad vosstaniya" stansiyasida "niqoblangan" bombani qoldirib, shundan so‘ng poyezdda o‘zini portlatib yuborgan. Jinoiy ish bo‘yicha 8 nafar gumondor qo‘lga olingan, ularning orasida bir ayol kishi ham bor.

Mavzuga oid
Top