18:06 / 13.04.2017
5884

Yangi avloddagi Kia Rio sedani namoyish etildi

Kia kompaniyasi Nyu-York avtosaloniga sedan va to‘rtinchi generatsiyadagi Rio xetchbekini olib keldi.

Rio’ning Yevropaga mo‘ljallangan besh eshikli nusxasi o‘tgan yilda taqdim etilgandi. “Besh eshikli”ning Amerika modifikatsiyasi Yevropanikidan deyarli farq qilmaydi. Sedanni esa Yevropada sotish rejalashtirilayotgani yo‘q, u ilk bora namoyish etildi.

Nyu-Yorkda Rio’ning Qo‘shma Shtatlarga mo‘ljallangan nusxasi taqdim etildi. Amerikaga “to‘rt eshikli”ning uzunligi 15 mm.ga uzaydi va 4 384 mm.ni tashkil etdi, yangi avloddagi xetchbekda bu ko‘rsatkich 4 064 mm.ni tashkil etadi (+15 mm). Har ikki versiyada ham g‘ildirak bazasi hajmi 2 580 mm.ni tashkil etadi (+10 mm).

AQShda sedan ham, xetchbek ham modernizatsiya qilingan 1.6 “to‘rttalik” bilan taklif etiladi, u 130 ot kuchiga ega. Dvigatel olti pog‘onali “mexanika” yoki “avtomat” bilan uyg‘un holda ishlaydi.

Yangi Kia Rio uchun 15 dyuymli g‘ildirak disklari, oltita xavfsizlik yostiqchasi, avtomatik to‘xtash tizimi, 7 dyuymli tachskringa ega multimedia tizimi, orqa ko‘rinish kamerasi, kruiz-nazorat o‘rnatiladi.

Qo‘shma Shtatlarda model joriy yilning oxiriga qadar sotila boshlanadi. “Sedan” kuzovidagi avvalgi Rio narxi 14 165 dollardan boshlansa, xetchbek kamida 15 495 dollarga tushadi.

Top