02:02 / 13.04.2017
28830

YeChL. "Real" safarda "Bavariya"ni mag‘lub etdi

Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Bavariya" o‘z uyida "Real Madrid"ni qabul qildi. Shiddatli kechgan uchrashuv 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

Dastlab 25-daqiqada Vidalning goli evaziga "Bavariya" oldinga chiqib olgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 2-daqiqasida Ronaldu hisobni tenglashtirdi. 

O‘yinning 61-daqiqasida Martines Ronalduga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi. 

77-daqiqada Ronaldu Asensio tomonidan yetkazib berilgan to‘pni Noyyer darvozasiga kiritib, jamoasining g‘alabasini ta'minladi. 

Bavariya – Real Madrid 1:2 
Gollar:
1:0 – 25 Vidal, 1:1 – 47 Ronaldu, 1:2 – 77 Ronaldu.
Bavariya – Noyyer, Martines, Alaba, Boateng, Lam, Alkantara, Riberi (Duglas Kosta, 65), Xabi Alonso (Bernat, 64), Vidal, Robben, Myuller (Koman, 81).
Real Madrid –  Navas, Karvaxal, Nacho, Marselo, Ramos, Kroos, Modrich (Kovachich, 90), Kazemiro, Beyl (Asensio, 59), Benzema (Xames, 83), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kroos (44), Karvaxal (45), Xabi Alonso (47), Martines (58), Vidal (90).
Chetlatish: Martines (61).

Top