17:37 / 13.04.2017
7838

Turkiyada Erdo‘g‘anniki kabi mo‘ylov qo‘yish urf bo‘ldi

Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) vakillari orasida mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kabi mo‘ylov qo‘yish urfga kirgan. Bunga Associated Press e'tibor qaratdi.

Agentlikning qayd etishicha, bosh vazir, madaniyat vaziri, iqtisodiyot va xorij ishlari bo‘yicha vazir ham Erdo‘g‘annikidek mo‘ylov qo‘ygandi. Bu urf Vazirlar Mahkamasi doirasida qolmasdan, keng tarqalmoqda.

Erdo‘g‘anning qo‘riqchilari suratlaridan kollaj. Rizo, 2017 yil aprel
Lefteris Pitarakis/AP

Tahlilchilarning fikr bildirishicha, 2016 yilning yozidagi voqealardan keyin vazirlar va siyosatchilar Erdo‘g‘anga sadoqatlarini izhor etish maqsadida shunday yo‘l tuta boshlashgan.

Turkiyada muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishidan keyin terrorchi guruhlarga qarshi kurash kuchayishi fonida o‘siq mo‘ylovlar «kuchlilik va shiddatlilik imiji»ni hosil qilayotgani aytilgan.

O‘z nomini sir tutishni istagan manba agentlikka vazirlar yuzining tashqi ko‘rinishini Erdo‘g‘anning maslahati bilan o‘zgartira boshlagan.

Top