12:56 / 13.04.2017
8379

«Monako» hujumchisi YeChLda o‘ziga xos rekord sohibiga aylandi

«Monako» futbol klubining 18 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe YeChLning ¼ finali doirasida Dordmundning «Borussiya» jamoasi bilan uchrashuvda hisobni ochdi. Futbolchi 19 daqiqada to‘p kiritdi. Bu haqda Tribuna.Uz yozmoqda.

Shu tariqa, Kilian ChL pley-off bosqichida 19 yoshga to‘lmagani holda uch gol urishga muvaffaq bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi. Avvalroq forvard «Manchester Siti» bilan 1/8 finalda kechgan o‘yinlarda to‘p kiritgandi.

Mbappe shunindek YeChL tarixidagi pley-off bosqichida dubl qayd etgan eng yosh o‘yinchiga aylandi. Futbolchi bu uchrashuvda 18 yoshu 133 kunligida ikkita to‘p urdi.

Mavzuga oid
Top