14:45 / 13.04.2017
10643

Ronaldu: Endi katta ustunlikka egamiz, biroq «Bavariya» hali «tirik»

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu  «Bavariya» bilan o‘yindagi g‘alaba (2:1) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Portugaliyalik YeChL chorak finali doirasidagi o‘yinda dubl qayd etdi hamda aynan u tufayli myunxenliklar yarim himoyachisi Xavi Martines 61-daqiqada maydondan chetlatildi.

«Bizda endi javob uchrashuvidan avval katta ustunlik bor, biroq qarama-qarshilik hali yakuniga yetgani yo‘q. "Bavariya“ ajoyib jamoaga ega hamda ular hali “tirik”. Biz hisob 0:1 bo‘lib turganida vaziyatni tenglashtirishga va oldinga ham o‘tib olishga muvaffaq bo‘ldik. Noyyer o‘z darvozasidan bundan ham ko‘proq to‘plar olib chiqishi mumkin edi.

Mushaklar bilan muammolar? Menda hammasi joyida. Bilmayman, kim menga shubha bilan qaramoqda. Mening o‘yinimni kuzatadigan insonlarda menga nisbatan hech qanday shubha yo‘q», - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Marca.

«Real» va «Bavariya» o‘rtasidagi javob bahsi Madridda 18 aprel kuni o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
Top