15:37 / 13.04.2017
6976

«Yuventus» Dibala bilan shartnoma uzaytirilgani haqida rasman e'lon qildi

«Yuventus» argentinalik hujumchisi Paulo Dibala bilan shartnoma uzaytirilganini tasdiqladi.

23 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma muddati 2022 yilning 30 iyuniga qadar.

Bundan avvalgi xabarlarda futbolchining yangi shartnoma bo‘yicha yillik maoshi miqdori 7 million yevroga yetkazilishi va u bu borada Gonsalo Higuainga (7,5 million yevro) yaqinlashii aytilgandi.

Dibala «Yuventus»ga 2015 yilda «Palermo»da 40 million yevroga transfer qilingandi. Uning dastlabki shartnoma bo‘yicha maoshi miqdori 3 million yevroni tashkil qilardi.

U o‘tgan vaqt ichida klub uchun 81 uchrashuvda maydonga tushdi va 39 gol urdi.

Top