10:46 / 13.04.2017
11618

Video: Futbolchilarning akrobatik harakatlari ajoyib gol bilan yakunlandi

AQShning "Oklaxoma Siti Enerji" futbol klubi o‘yinchilari "Sakramento Repablik" jamoasiga qarshi o‘yinda akrobatik harakatlar orqali hujum uyushtirishdi va gol urishdi.

"Oklaxoma" a'zosi Maykl Xarris autdan to‘pni “salto” orqali tashlab berdi, shundan so‘ng to‘p "Sakramento" jarima maydonchasiga yo‘l oldi, biroq himoyalanayotgan klub himoyachilaridan biri boshi bilan muvaffaqiyatsiz o‘ynadi. Natijada to‘p hujum qilayotgan jamoa futbolchisi Migel Gonsalesga "uzatib berildi", u esa "bisikleta" (bicicleta – qaychi uslubidagi) zarba bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Uchrashuv "Oklaxoma Siti Enerji" klubi foydasiga 1:0 hisobida yakunlandi.

Mavzuga oid
Top