13:56 / 14.04.2017
11032

AQSh davlat kotibi 2016 yilda qancha pul ishlab topgani oshkor qilindi

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 2016 yilda ExxonMobil ijrochi direktori sifatida 27,4 mln. dollar ishlab topdi. Bu haqda Reuters kompaniyaning Amerika qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasiga taqdim etgan ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda. 

Aniqlik kiritilishicha, ExxonMobil top-menejyerlari ish haqlari kompaniya daromadi qariyb ikki baravarga tushib ketganiga qaramay ko‘tarilgan.

Agentlikning ta'kidlashicha, Tillersonning kompensatsiya to‘plami 0,5 foizga o‘sgan, ish haqi esa 4 foizga ko‘payib, 3,2 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, mukofot pullari qiymati ham 8 foizga o‘sgan – 19,7 mln. dollargacha.

Bundan tashqari, top-menejyerning “alohida imtiyozlari” (qo‘riqlash tizimi va sug‘urtaga haq to‘lash) qiymati ham 7 foizga oshib, 575 ming dollarni tashkil etdi.

 

Top