02:17 / 14.04.2017
10898

Yevropa Ligasi. «MYu» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «Ayaks» ishonchli yutuqqa erishdi

Yevropa ligasining chorak finalidan o‘rin olgan uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Belgiyada «Anderlext» «Manchester Yunayted»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Uchrashuvning 36-daqiqasida Genrix Mxitaryan hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganda «Anderlext» futbolchilari to‘p kiritishni uddasidan chiqishdi.

Niderlandiyada «Ayaks» «Shalke»ni qabul qildi va Devi Klaassen tomonidan kiritilgan ikki gol evaziga ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Selta» esa o‘z uyida «Genk»ka qarshi kechgan o‘ta murakkab uchrashuvda avvaliga to‘p o‘tkazib yuborishiga qaramay, keyinchalik ketma-ket 3ta gol kiritishni uddasidan chiqdi. Biroq ikkinchi bo‘limda yana bir gol o‘tkazib yuborgan ispanlar javob uchrashuvi oldidan o‘ta xavotirli g‘alaba bilan qoladigan bo‘lishdi.

Yana bir uchrashuv Lionda davom etmoqda. Muxlislarning tartibsizligi tufayli uchrashuv belgilangan vaqtdan 45 daqiqa kech boshlangan.

Yevropa Ligasi, 1/4 final

Ayaks (Niderlandiya) – Shalke-04 (Germaniya) 2:0 (1:0)
Gollar:
Klaassen (23, penalti, 52).
Ayaks: Onana, Virgever, Sanches, Veltman, Sinkgraven (de Ligt, 46), Klaassen, van de Bek (de Yong, 88), Klyuyvert (Neres, 74), Ziyesh, Yunes, Traore.
Shalke-04: Fermann, Nastasich, Xevedes, Kerer, Aogo, Mayyer (Stambuli, 59), Shopf (Xuntelar, 71), Kalidjuri (Konoplyanka, 83), Gorettska, Burgshtaller, Bentaleb.
Ogohlantirishlar: Klaassen (49), Kerer (87), Stambuli (87), Neres (89).

Anderlext (Belgiya) – Manchester Yunayted (Angliya) 1:1 (0:1)
Gollar:
Dendonker (86) – Mxitaryan (36).
Anderlext: Martines, Mbodji, Obradovich, Appia, Nyuytink, Stanchu (Xanni, 65), Tilemans, Dendonker, Bruno (Kipchu, 58), Achimpong, Telin (Teodorchik, 75).
Manchester Yunayted: Romero, Roxo, Bayi, Darmian, Valensiya, Lingard (Marsyal, 63), Pogba, Kerrik, Mxitaryan (Fosu-Mensa, 90), Reshford (Fellayni, 75), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (24), Kerrik (47), Obradovich (67), Fosu-Mensa (90).

Selta (Ispaniya) – Genk (Belgiya) 3:2 (3:1)
Gollar:
Sisto (15), Aspas (17), Gvidetti (38) – Boetiyus (10), Buffel (67).
Selta: Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Fontas, Vass (Xosabed, 78), Radoya, Ernandes, Sisto, Aspas, Gvidetti (Bovyu, 67).
Genk: Rayan, Brabets, Uronen, Kastan, Kolli, Boetiyus (Buffel, 62), Malinovskiy (Xeynen, 90), Berge, Posuelo, Trossard (Sxreyvers, 82), Samatta.
Ogohlantirishlar: Kastan (27), Trossard (73), Sxreyvers (85).

Top