20:30 / 14.04.2017
10532

«Ochiqlik indeksi» reytingi: Davlat Soliq qo‘mitasi yetakchi, arxitektura va qurilish qo‘mitasi oxirgi o‘rinda

O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati «ochiqligi indeksi»ning ilk reytingi e'lon qilindi. 2017 yilning 1 yanvar kuni holati bo‘yicha ko‘rsatkichlarni www.ochiqlik.uz saytida ko‘rish mumkin.

Reytingda 47ta davlat hokimiyati va boshqaruv organlari joy olgan. Reytingdagi birinchi o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi qayd etilgan (97,5 ball).

Toshkent shahar hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 96,33 balldan to‘plagan holda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib olgan. To‘rtinchi o‘rinni 93, 67 ball bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi band etgan.

Farg‘ona viloyati hokimligi (46 ball), Surxondaryo viloyati hokimligi (40,25 ball) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (21,4 ball) reytingning oxirgi pog‘onalarida joylashgan.

Natijalar yiliga ikki marta e'lon qilinadi - 1 yanvar va 1 iyul kunlarida.

Ushbu jamoatchilik kengashi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini rivojlantirish jarayonlariga ko‘maklashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.11.2015 yildagi 320-son Qarori asosida tashkil etilgan.

Mavzuga oid
Top