16:38 / 14.04.2017
9908

Planshet va smartfonlar yosh bolalar uchun zararli ekani tasdiqlandi

Olimlarning aniqlashlaricha, yosh bolalarning doimiy ravishda smartfonlar va planshetlardan foydalanishi ularning uxlash vaqtini qisqartiradi. Tadqiqotchilarning bu boradagi xulosalari Scientific Reports jurnalida chop etilgan.

Londonning Birkbek universiteti xodimi Tim Smit rahbarligidagi olimlar guruhi 6-36 oylik farzandlarini tarbiyalayotgan ota-onalar orasida so‘rov o‘tkazgan. Ulardan farzandlarining kunduzgi va kechki uxlash soatlarining o‘rtacha miqdorini keltirish hamda bola kechalari tez-tez uyg‘onib turadimi-yo‘qmi, agar shunday bo‘lsa, qayta uxlashi uchun qancha vaqt talab etilishiga oydinlik kiritish so‘ralgan. 

So‘ralganlarning 70 foizi smartfon yoki planshetga egaligini aytishgan, tadqiqotda ishtirok etgan ota-onalarning 75 foiz farzandlari mazkur qurilmalardan ovunchoq o‘rnida foydalanib turgan. 6 oydan 11 oygacha bo‘lgan bolalarning 51 foizi, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning deyarli 92 foizi planshetlar bilan allaqachon tanish ekanligi ma'lum bo‘lgan. Shu bilan natijalar ancha tashvishli ekani oydinlashgan. Ya'ni, qurilma bilan o‘tkazilgan har bir soat bola uyqusini 15,6 daqiqaga kamaytiradi. Bundan tashqari, mobil qurilmalardan foydalanuvchi bolalarning uxlashi ham qiyin kechadi. 

Tim Smitning ta'kidlashicha, biroq ushbu tadqiqotni yanada chuqurroq o‘tkazish lozim. 

Mavzuga oid
Top