23:55 / 14.04.2017
28525

«Real» «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvi oldidan jiddiy yo‘qotishga duch kelishi mumkin

Madridning «Real» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Garet Beyl oyoq mushaklaridan olgan jarohati sabab «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra Beyl o‘ng oyog‘ining boldir mushaklarida og‘riq xis qilmoqda va Madridga qaytgach, jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmayapti. U «Bavariya»ga qarshi uchrashuvning 59-daqiqasida shu muammo sabab zaxiraga olingandi. Uelslik futbolchi Ispaniya chempionati doirasidagi «Sporting» Xixonga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Uning «Bavariya»ga qarshi uchrashuvda ishtiroki ham so‘roq ostida qolmoqda.

2016/17 yilgi mavsumda Beyl to‘pig‘idan jarohat olishga ulgurgan va 3 oy davomida maydonga tusha olmagandi. Futbolchi fevralning so‘nggi kunlarida mashg‘ulotlarga qaytgan ammo shu kunga qadar nisbatan yengillashtirilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelayotgandi.

Mavzuga oid
Top