10:15 / 14.04.2017
17986

Smartfonga yana bir messenjer – Pinngle’ni o‘rnatish uchun beshta sabab


Internetning faol va ilg‘or foydalanuvchisi bo‘lgan zamonaviy odamga muloqot qilish uchun bir nechta ilovani smartfonga o‘rnatish nega kerak? Bizning muloqot sifati va turli-tuman imkoniyatlar borasidagi talablarimizni iloji boricha qondira oladigan bitta messenjerning o‘zi yetarli emasmi? Bunga javob: yo‘q. Chunki turli messenjerlar tashqi aloqa sharoitlari va foydalanuvchining talablariga har xil reaksiya ko‘rsatgan holda o‘zini qat'iy individual “tutadi”.

1. Pinngle cheklovlarsiz barqaror aloqani ta'minlaydi 

Suhbatni sifatli uzluksiz aloqadan boshlaymiz. Biz ancha yillardan beri butun mamlakatni Wi-Fi qoplab olishi, har bir hududda, hatto O‘zbekistonning eng chekka qishlog‘ida ham kuchsiz signalli zonalar qolmasligi umidida yashayapmiz. Xo‘sh, orzu qilib bo‘ldikmi, endi real voqelikka qaytamiz. Agar O‘zbekiston poytaxtining ko‘p joylarida Internet sifati a'lo darajada bo‘lsa, hududlarda buning aksini ko‘rish mumkin. Ularga aloqaning tez-tez uzilishi, kuchsiz Internet, trafikning yetarli emasligi kabi “alomatlar” xos. Agar biz o‘zimizga bog‘liq bo‘lmagan tashqi vaziyatni o‘zgartira olmasak, ularga moslashishimiz va ularni bizning foydamizga ishlashga majbur etishimiz kerak. Pinngle mualliflari aynan shunday qilishdi. Ular obektiv sabablarga qaramasdan o‘z foydalanuvchilari uchun barqaror aloqani ta'minlay olishdi.

Pinngle butun dunyo bo‘ylab, hatto internet-trafik almashinuvi cheklangan mamlakatlarda ham tarmoqqa chiqish imkonini beruvchi algoritmni ishlab chiqdi. Endi Pinngle kuchsiz Internet sharoitlari mavjud bo‘lgan O‘zbekistonning eng chekka hududlari va xorijda, hatto boshqa messenjerlar o‘chirilgan mamlakatlarda ham barqaror ishlamoqda. Boshqacha qilib aytganda, internet tezligi qanchalik past bo‘lmasin, aloqa sifati har doim a'lo darajada bo‘ladi! Chunki Pinngle boshqa messenjerlar ishlamaydigan joylarda ham juda yaxshi ishlaydi. Shunday ekan, bu ilovani YuKLAB OLISh, doim aloqada bo‘lish va cheklovlarsiz muloqot qilish uchun asosiy sabablardan biri.

Ilovani YuKLAB OLISh: 

   

 

2. Pinngle end-to-end shifrlash yo‘li bilan xavfsizlikni kafolatlaydi 

End-to-end shifrlash sizning matnli, audio- va video xabarlaringizning yuqori darajada himoyalanishini va xavfsizligini ta'minlaydi. Chunki ularni tanib olish uchun zarur bo‘lgan kalitlar faqat xabarni oluvchi kishidagina saqlanadi. Fayllar, bir nechta begona serverdan mutlaqo o‘qib bo‘lmaydigan tarzda o‘tadi, xabarni faqat ko‘rsatilgan foydalanuvchigina o‘qishi mumkin. Bugungi kunda smartfonlar o‘z egalari haqida sizu-bizdan ko‘proq narsalarni biladi, demak autentifikatsiya va shifrlash shunchaki moda emas, balki hayotiy zaruratga aylanmoqda. Pinngle mualliflari end-to-end shifrlashni joriy etish har qanday zamonaviy messenjerning tabiiy ehtiyojiga aylanishi kerak deb hisoblaydi. Shunday ekan, axborot almashinuvining osoyishtaligi va xavfsizligi  Pinngle jamoasi faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Sizdagi axborotni himoya qilish uchun ma'lumotlarni maxsus shifrlash usuli qo‘llanadi. Ushbu himoya usuli fayllaringizning to‘liq maxfiyligini ta'minlaydi. Hech kim, shu jumladan Pinngle ham, xabarlaringiz va qo‘ng‘iroqlaringizning mazmunini o‘qiy olmaydi yoki tinglay olmaydi.

3. Butun dunyo bo‘ylab bepul video- va audio qo‘ng‘iroqlar

Pinngle yordamida dunyoning istalgan nuqtasiga audio- va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishingiz mumkin. Bunda siz sayyoramizning istalgan nuqtasida faol ishlashingiz, o‘qishingiz, dam olishingiz va shu bilan birga aloqada qolishingiz mumkin, ya'ni sizga qadrdon bo‘lgan uzoqdagi yaqinlaringizni KO‘RISh VA EShITISh imkoniga egasiz. Xohlagan paytda do‘stlar va yaqinlar bilan bog‘lanish, ularni eshitibgina qolmasdan, balki chehralarini ham ko‘rish va ularga ham xuddi shunday imkoniyatni taqdim etish – bu bebaho ne'mat. Audio- va videochatlar formati bizga shunday imkoniyatni taqdim etadi! Pinngle yuqori yechimdagi HD formatda audio- va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda o‘tkazish qobiliyati past bo‘lgan GPRS/EDGE/2G uyali aloqa tarmoqlarida ovoz sifati va surat pikselizatsiyasini yo‘qotmagan holda ishlash imkonini beradi! Ilovani YuKLAB OLING va hatto kuchsiz Internetda ham muloqot qiling.

Ilovani YuKLAB OLISh: 

   

 

4. O‘zbekistonlik abonentlar uchun maxsus yaratilgan stikerlar faqat Pinngle ilovasida
 

Pinngle’ning «Nakleykalar do‘koni»da O‘zbekistonga bag‘ishlangan rukn mavjud. Unda O‘zbekistonning madaniyati va tarixi, an'analari va urf-odatlari, taomlari va turmush tarzini qadrlovchi kishilar uchun yaratilgan mavzuli stikerlar to‘plami taqdim etilgan. Stikerlar to‘plamidagi har bir alohida mavzu “O‘zbekfilm”da suratga olingan kinofilmlarga bag‘ishlangan. Ushbu seriyaga kiruvchi har bir stiker kinodan olingan kadr va mashhur iboradan tashkil topgan. Ularni ota-onangizga, buvi va bobolaringizga ko‘rsating, Pinngle ilovasini ularning smartfoniga yuklab bering – ular yoqimli xotiralar va yangi muloqot formatidan ko‘ngillari chog‘ bo‘lishi shubhasiz.

Shuningdek Pinngle O‘zbekiston aholisi uchun ularning o‘z ona tilidagi interfeysni yaratdi, endi u o‘zbek tilida “gapirmoqda”! Pinngle mualliflari o‘zbekistonliklar uchun maxsus tarzda messenjerning o‘zbek tilidagi versiyasini yaratdi. Ilovani o‘rnatayotgan paytda ona tilingizdagi interfeysni tanlang yoki mavjud til versiyasini unga almashtiring:
 

5. Pinngle — ham shaxsiy, ham ish yuzasidan muloqot qilish uchun universal ilova  

Pinngle messenjerning barcha imkoniyatlarini taqdim etadi: bepul individual va guruhli chat, foydalanuvchilar o‘rtasida xabarlar, fotosuratlar, fayllar, joylashuvlar va boshqa ma'lumotlarni o‘zaro almashish. Pinngle bilan notanish shaharda yo‘qolib qolmaysiz yoki uchrashuvni o‘tkazib yubormaysiz – koordinatalaringizni suhbatdoshingizga yuboring, shunda bir-biringizni muammolarsiz topib olasiz.

Siz bir necha kishidan iborat jamoa bo‘lib muloqot qilishingiz mumkin - Pinngleda jamoali chatlar ishlamoqda. Siz o‘zaro matnli, audio- va video xabarlarni almashish hamda do‘stlar, tanishlar, xodimlar va hamkorlar bilan muloqot qilish uchun guruhlar yaratishingiz mumkin. Buning uchun ekrandagi “plyus” belgisini bosing, bir nechta kerakli kontaktlarni tanlang va guruhli chatni boshlab yuboring. Pinngle bilan ish joyingizga bog‘lanib qolmaysiz – dunyoning turli burchaklarida yashasangiz ham o‘zaro hujjatlar almashishingiz, oldingizga vazifalar qo‘yishingiz, yangi narsalarni o‘rganishingiz va jamoada ishlashingiz mumkin. Pinngle yordamida hamkorlar va xodimlar bilan taassurotlaringizni bahamlashing – bu juda oson va oddiy. O‘zaro hujjatlar, foto-, audio- va video materiallarni almashing, cheklanmagan o‘lchamdagi fayllarni bepul jo‘nating va ular egasiga yetib borishiga ishonavering. Pinngle osonlik bilan har qanday formatdagi faylni cheklovlarsiz yetkazadi.

 

Yangiliklarimizni kuzatib boring: tez orada  Pinngle bir nechta zo‘r yangilanishlarni taqdim etadi, ular muloqotning yanada qulayroq va sifatliroq bo‘lishiga yordam beradi.

Har doim, har yerda va har qanday sharoitda aloqada qoling. Vaqtingizni yo‘qotmang, yuklab oling va cheklovlarsiz muloqotdan ham yaxshirog‘i yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

Ilovani YuKLAB OLISh:

   

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top