17:53 / 14.04.2017
22058

Video: Ot timsohga hujum qildi

AQShning Florida shtatidagi tabiat qo‘riqxonalaridan birida yovvoyi ot alligator (Amerika va Sharqiy Osiyo timsohi)ga hujum qildi. Hodisa tasvirlangan video Facebook’da ro‘y bergan holatga guvoh bo‘lgan sayyoh ayol tomonidan taqdim etildi.

Kadrlarda maysazorda o‘tlab yurgan otlardan biri kutilmaganda alligatorning yoniga chopib kelib, unga tuyoqlari bilan zarba bera boshlaganini ko‘rish mumkin.

Aftidan, turistlar otdan ko‘ra, alligatorning holatiga tashvish tortishdi. “Uni o‘z holiga qo‘y”, - deya aytgan guvohlardan biri jonivorga qarata.

Ayni damga qadar ijtimoiy tarmoqda rolikni 583 ming foydalanuvchi tomosha qildi.

Top