22:50 / 15.04.2017
10511

2017 yil I choragida ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qancha mablag‘ ajratildi?

2017 yilning 15 aprel kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar muhokamalarini o‘tkazishga xizmat qiluvchi “Doimiy faoliyat yurituvchi ishchi maydon”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida 2017 yilning I choragi sarhisobiga ko‘ra amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi. 

Joriy yilning birinchi choragida davlat dasturi bo‘yicha aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga 37,0 mlrd. so‘m va 9,2 mln. AQSh dollari yo‘naltirildi. Aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirishga esa 3 trln. 364,2 mlrd. so‘m yo‘naltirildi. 

Xizmat ko‘rsatish (6482), qishloq xo‘jaligi (4171), sanoat sohasida (6946) 17 599 yangi ish o‘rni yaratildi.

Top