18:20 / 15.04.2017
5886

Afg‘onistonda furgon minaga duch keldi, qurbonlar bor

Afg‘oniston janubidagi G‘ilmon viloyatida mina portlashi oqibatida kamida 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Frans Press agentligining xabar qilishicha, odamlar o‘tirgan transport vositasi yo‘lga o‘rnatilgan minaga duch kelgan. 

Halok bo‘lganlar uzoq Navo tumanidan viloyat markazi Lashkargoh shahriga kelayotgan edi. "Portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, furgondagi barcha odamlar hayotdan ko‘z yumgan", — degan viloyat ma'muriyati vakili Umar Jvak. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda halok bo‘lganlar orasida bolalar va ayollar bor-yo‘qligi aniqlanmoqda.

G‘ilmon viloyati politsiyasi rahbari portlash uchun javobgarlikni "Tolibon" radikal harakati zimmasiga yuklagan. Chunki, mina asosan harbiylar foydalanadigan yo‘lga joylangan bo‘lgan. 

Top