21:25 / 15.04.2017
8194

AQSh farmatsevtik kompaniyasi e'tirozi sababli 7 ta o‘lim jazosi ijrosi qoldirildi

AQShdagi McKesson farmatsevtik kompaniyasi uning preparati qatllarni ijro etish uchun qo‘llanilishidan bexabar bo‘lganini ma'lum qilgandan keyin Arkanzas shtati 7 ta o‘lim jazosi ijrosini keyinga qoldirishiga to‘g‘ri keldi.

Kompaniyaning noroziligidan keyin, Arkanzas sudi o‘lim jazosini zaharlovchi moddalar yordamida ijro etishni keyinga qoldirdi. Qatl etilishi kerak bo‘lgan barcha 7 mahbus qotillik uchun sudlangan bo‘lgan. 

Ular ikki preparat yordamida qatl etilishlari kerak edi. Birinchi vosita yurakni, ikkinchisi esa o‘pka ishini to‘xtatish uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. Biroq moddalardan birini ishlab chiqaruvchi kompaniya uning preparati yordamida mahbuslar qatl etilishini bilmaganini aytgan. McKesson’da aytilishicha, hukumat ulardan bu vositalarni tibbiy ehtiyojlar uchun xarid qilgan, deb kelingan. 

Kompaniya hukumatdan preparatni qaytarishni talab qilgan, biroq hukumat taftishlar tugamaguncha buni qilishdan bosh tortdi.

TASS axborot agentligining ta'kidlashicha, oxirgi yillarda AQShning ko‘plab shtatlari o‘lim jazosini ijro etish uchun preparatlar yetishmasligiga dech kelganlar. Bu holat Yevropadagi preparat ishlab chiqaruvchilar o‘lim jazolariga qarshi norozilik sifatida AQShga preparatlarni yetkazib berishni to‘xtatganlari bilan bog‘langan.

Ba'zi shtatlarda, misol uchun Yutada bu muammo mahbuslarni otishga ruxsat berish bilan hal qilingan. 

2007 yilda Amnesty International huquqni himoya qilish tashkiloti qatlni inʼeksiya kiritish orqali ijro etish insonparvar emasligi haqidagi ma'ruza chop etgandi. Chunki ko‘p hollarda preparat ta'sir qilmaydi yoki mahbuslarda uzoq davom etuvchi o‘lim talvasasini keltirib chiqaradi.

Top