23:37 / 15.04.2017
6428

APL. «Manchester Siti» yirik hisobda g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa ko‘tarildi

Angliya premer-ligasining 33-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Sauthempton» o‘z uyida «Manchester Siti»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 10-daqiqasida (55-daqiqa) Vensan Kompani David Silva tomonidan yetkazib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab hisobni ochdi. 77-daqiqada «Siti» qarshi hujumda hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. Kevin De Bryuynening pasidan keyin Leroy Sane farqni ikkitaga yetkazdi. 80-daqiqada yana o‘sha De Bryuynening pasidan keyin Serxio Aguero boshi bilan gol kiritib, yakuniy natijani o‘rnatdi.

«Siti» ushbu g‘alabadan keyin o‘z ochkolari sonini 64taga yetkazdi va «Liverpul»ni ortda qoldirib 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL, 33-tur

Sauthempton – Manchester Siti 0:3 (0:0)
Gollar: Kompani (55), Sane (77), Aguero (80).
Sauthempton: Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Tadich, Uord-Prouz (Long, 60; Rodriges, 82), Redmond, Devis, Gabbyadini (Bufal, 60), Xeyberg.
Manchester Siti: Bravo, Otamendi, Kompani, Klishi, Navas, Ture, Fernandino, Silva (Sabaleta, 81), de Bryuyne, Sane (Sterling, 86), Aguero (Ixeanacho, 89).
Ogohlantirishlar: Xeyberg (31), Devis (37), Soaresh (41).

Mavzuga oid
Top