14:29 / 15.04.2017
20385

KXDR bir nechta yangi raketalarini namoyish qildi

Foto: AP

Shimoliy Koreya poytaxtida mamlakat asoschisi Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi keng nishonlandi. Quyosh kuni munosabati bilan shahar markaziy maydonida harbiy parad ham tashkil etildi. Unda bir necha turdagi harbiy texnikalar namunalari namoyish qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kim Chen In harbiy paradni shaxsan qabul qildi. U o‘tirgan minbar oldidan quruqlikdagi qo‘shinlar, maxsus bo‘linmalar, harbiy-dengiz kuchlari va ishchi-dehqon va ayollar batalonlari o‘tdi. 

Bundan tashqari, paradda yoppasiga o‘t ochish tizimlari, qisqa va o‘rta masofalarga uchadigan raketalar, qit'alararo ballistik raketalar va suvosti kemalari ballistik raketalari olib o‘tilgan. Biroq, Shimoliy koreya harbiy texnikasining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning tashqi ko‘rinishidan turlarini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. 

Harbiy texnikalar va armiya o‘tib bo‘lganidan so‘ng, maydondan bir necha ming kishi o‘tishiga ruxsat berilgan. Ular orasida komsomol talabalar, shifokorlar, sportchilar va davlat xizmatchilari bo‘lgan. Parad nihoyasida davlat yetakchisi Kim Chen In xalqqa qo‘llarini silkib, tribuna oldidan o‘tgan. 

Mavzuga oid
Top