16:22 / 15.04.2017
19442

Rekord arafasidagi derbi, Mourino sobiq jamoasiga qarshi va haftaning boshqa eng markaziy uchrashuvlari

Joriy ham qiziqarli uchrashuvlarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Xitoyliklar qo‘liga o‘tgan Milan jamoalari derbisi, Mourinoning sobiq jamoasiga qarshi navbatdagi uchrashuvi, muammolar girdobida qolgan «Barselona» yo‘lidagi noqulay raqib. Tribuna.Uz haftaning eng muhim uchrashuvlari haqida to‘xtalib o‘tadi.

«Inter» - «Milan» (15:30, Match! Futbol 2)

Nihoyat hafta boshida «Milan» xitoylik investorlar qo‘liga o‘tdi. Silvio Berluskonining 31 yillik tarixiga yakun yasaldi. Yangi mavsum oldidan ikki xitoyliklar qo‘liga o‘tgan jamoalarga keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Biroq o‘sha o‘zgarishlarga so‘nggi derbiga bo‘lgan qiziqish ham keskin oshgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu safargi derbi televideniye tarixida rekord qayd etishi mumkin. Uchrashuva qariyb 1 milliardga yaqin muxlis kuzatib borishi kutilmoqda.

«Atalanta» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «Inter so‘nggi uch uchrashuvda faqat 1 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. «Neradzurri»lar o‘z uyida kechgan so‘nggi beshta uchrashuvning faqat ikkitasida g‘alaba qozongan «San-Siro»  «Milan» esa so‘nggi paytlarda ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lishiga qaramay, mehmondagi so‘nggi 8 uchrashuvning faqat 2tasida g‘alaba qozongan. «Inter»ga qarshi nominal mehmon sifatida esa so‘nggi marta 2010 yilda ular g‘alaba bilan qaytishgan. A seriya doirasidagi so‘nggi 8 uchrashuvda 4 marta durang qayd etilgan. Ikki jamoa 2tadan g‘alabani qo‘lga kiritgan.

«Barselona» - «Real Sosedad» (15 aprel, 23:45, UzReport)

«Malaga» va «Yuventus»dan uchralgan mag‘lubiyatlardan keyin «Barselona»ning ikkita frontda g‘oliblik uchun imkoniyatlari keskin pasayib ketdi. Jamoa «Real»ga qarshi «klasiko» oldidan chempionlik uchun ham umidini endi faqat «Real» raqiblaridan kutishi mumkin. Chempionlar ligasida esa «PSJ»ga qarshi bo‘lgani kabi mo‘'jiza ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi.

Birinchi davrada (aniqrog‘i kubok uchrashuvida) «Barselona» San-Sebastyanda davom etgan 7 yillik g‘alabasiz seriyasiga yakun yasagandi. O‘z uyida «Barselona»ga o‘ta noqulay raqib bo‘lgan «Real Sosedad» «Kamp Nou»da hech qachon g‘alaba qozona olmagan. So‘nggi 20ta uchrashuvning barchasida «Barselona» faqat va faqat g‘alaba qozongan. So‘nggi marta «Sosedad» Kataloniyadan 1995 yilning aprelida ochko olib qaytgan — 1:1.

«Sauthempton» - «Manchester Siti» (15 aprel, 21:30, UzReport, 

«Sauthempton» so‘nggi 5ta uchrashuvda 10 ochkoni qo‘lga kiritgan. Jamoa yevrokuboklar uchun kurashmayapti, (jamoani 7-o‘rindan 14 ochko ajratib turibdi) xavfli zonaga tushib ketishdan ham xoli. Buyog‘iga jamoa mavsumni yakunlab qo‘yish uchun YeChL va yevrokuboklar uchun kurashayotgan raqiblarga jiddiy boshog‘riq bo‘lishi tabiiy. Ortiqsa bosimsiz o‘ynaydigan jamoadani buni kutish mumkin. 

«Manchester Siti» esa o‘tgan haftada «Hall Siti»ni mag‘lubiyatga uchratib, 4ta uchrashuvdan iborat g‘alabasiz seriyasiga yakun yasadi. Gvardiola jamoasi chempionlik uchun kurashdan chiqib ketdi. Endi ularning asosiy maqsadid YeChL yo‘llanmasini beruvchi TOP-4lik safidan o‘rin olish bo‘lib qolmoqda. 31 turdan keyin «Siti» hisobida 61 ochko mavjuda va jamoa aynan 4 o‘rinda bormoqda. Ular «Yunayted»ni to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda.«Shaharliklar» mehmonda yaxshi o‘yin ko‘rsatishmoqda. Jamoa 16 uchrashuvda 31 ochko to‘plagan, 32ta gol urib, 20ta o‘tkazib yuborgan.

«Sauthempton»da kechgan so‘nggi 5 uchrashuvning faqat bittasida «Manchester Siti» g‘alaba qozongan. Birinchi davrada «Siti»da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa «Siti» katta qiyinchiliklar bilan durangga erisha olgandi.

«Bayyer» - «Bavariya» (15 aprel, 21:30, Match! Futbol 3)

«Bavariya» Yevropa chempionlar ligasining chorak finalida o‘z uyida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. «Bayyer» ham bitta oldingi bosqichda Madrid jamoasi «Atletiko»ga imkoniyatni boy berib musobaqadan chiqib ketgandi. Katta ehtimol bilan «Bavariya» ham buyog‘iga bor e'tiborini ichki musobaqalarga qaratishiga to‘g‘ri keladi. 

Ikki jamoa o‘rtasidagi «Bay-Arena»da kechgan so‘nggi to‘rt uchrashuvda «Bavariya» g‘alaba qozona olmagan. Umuman Leverkuzenda «Bavariya» so‘nggi 9 uchrashuvda faqatgina bir marotaba g‘alaba qozona olgan. «Bavariya»ning mehmondagi so‘nggi g‘alabasi 2013 yilning martida qayd etilgandi.

«MYu» - «Chelsi» (16 aprel, 20:00, UzReport, Match! Futbol 1)

 

Joze Mourino «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatida ish boshlaganidan buyon uchinchi marta o‘zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Birinchi davrada «Chelsi» uyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Konte shogirdlari raqibini tor-mor keltirgan. Mourino esa Konte yoniga kelib uni g‘alabani bu qadar nishonlamasligi kerakligi, bu uning ustidan kulgandek chiqishini aytib murojaat qilgandi.

«Manchester Yunayted» «Chelsi»ga qarshi (barcha musobaqalarni hisobga olganda) so‘nggi 12 uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayapti. «Yunayted»da kechgan so‘nggi beshta uchrashuvdan buyon «Chelsi» mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda.

Top