12:50 / 15.04.2017
12457

Ruscha «Fort Boyard»: Omskda o‘quvchilar noodatiy tarzda maktabga yo‘l olishmoqda

Rossiyaning Omsk shahrilik fuqarolardan biri internetda g‘ayritabiiy video joylashtirdi. Unda “Fort Boyard” shousi saundtreki maktab o‘quvchilarining xatti-harakati bilan uyg‘unlashtirilgan. Rolik «Omsk Live»da paydo bo‘ldi.

Ma'lum bo‘lishicha, shaharning Me'morlar xiyoboni yaqinidagi juda katta ko‘lmak bolalarga maktabga borishga xalaqit beradi. Yakunda esa ular yo‘l bo‘ylab mashinalar yonida ketish yoki panjaraga chiqib, u orqali harakatlanishga majbur bo‘lishmoqda. Videodan ko‘rish mumkinki, maktab o‘quvchilari ikkinchi variantni tanlashgan.

Top