14:00 / 16.04.2017
8874

Dibala «Barselona»ga qarshi o‘yindan oldin jarohat oldi

Italiya A Seriyasining 32-turi doirasida «Yuventus» va «Peskara» o‘rtasida kechgan hamda mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuv vaqtida turinliklar hujumchisi Paulo Dibala jarohat oldi.

Dibala raqib yarim himoyachisi Salli Muntari ishlatgan qo‘pollikdan keyin, uchrashuvning 54-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Dibala YeChLning chorak finalida «Barselona»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvida ishtirok etishiga umid bildirmoqda.

«U yengil jarohat olgan, chap oyog‘ida shikastlanish bor. Lekin biz optimist bo‘lishimiz kerak», — deya Allegrining so‘zlarini keltirgan Reuters.

Top