00:44 / 16.04.2017
35421

Mart oyida O‘zbekiston chegarasini buzgan 161 qoidabuzar qo‘lga olindi

O‘zbekistonlik chegarachilar mart oyida davlat chegarasini buzgan 161 qoidabuzarni qo‘lga oldilar. Bu haqda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakili ma'lum qildi.  
 
Uning aytishicha, chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lganlar eng ko‘p Qirg‘iziston bilan chegarada ushlangan. Ularning soni 73 nafarni tashkil qilgan. Shuningdek, Qozog‘iston bilan chegarada 60 nafar, Afg‘oniston – 16 nafar, Tojikiston  – 9 nafar va Turkmaniston  bilan chegarada 3 nafar qoidabuzar qo‘lga olingan. 

"Chegarachilar 1,25 mlrd so‘mdan ko‘proq summalik tovar-moddiy boyliklarning chegara orqali noqonuniy olib o‘tilishi oldini oldilar. Bular asosan rangli metall, maishiy texnika, atir-upa hamda tamaki mahsulotlari hisoblanadi. Qirg‘iziston bilan chegaraning o‘zida 590 mln so‘mlik tovar-moddiy boylik musodara qilingan.

Bundan tashqari, Tojikiston bilan chegarada tamaki mahsuloti kontrabandasi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qing‘irliklariga chek qo‘yildi. Bu holatda jinoyatchilardan umumiy qiymati 669 mln so‘mdan oshadigan yirik partiyadagi sigaretalar musodara qilingan. 

Top