22:18 / 16.04.2017
9706

«MYu» qariyb besh yillik tanaffusdan so‘ng «Chelsi»ni mag‘lubiyatga uchratdi

«Old Trafford»da kechgan uchrashuvda «Manchester Yunayted» «Chelsi»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Markus Reshford hisobni ochgan bo‘lsa, Ander Errera 49-daqiqada farqni ikkitaga yetkazdi. Bu hisob uchrashuv oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi. Natijada «MYu» qariyb 5 yillik tanaffusdan so‘ng «Chelsi»ni mag‘lubiyatga uchratishni uddasidan chiqdi. So‘nggi marta mankunianlar «Chelsi»ni 2012 yilning oktabrida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Ushbu g‘alabadan keyin «MYu» hisobidagi ochkolar soni 60taga yetdi va jamoa 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Chelsi» esa birinchi o‘rinda qolgan bo‘lsada, «Tottenhem» bilan oradagi farq 4 ochkogacha qisqardi.

APL, 33-tur

Manchester Yunayted – Chelsi 2:0 (1:0)
Gollar: Reshford (7), Errera (49).
Manchester Yunayted: De Xea, Roxo, Bayi, Darmian, Valensiya, Pogba, Errera, Lingard (Kerrik, 60), Fellayni, Yang (Fosu-Mensa, 90+3), Reshford (Ibrahimovich, 83).
Chelsi: Begovich, Aspilikueta, David Luiz, Keyxill, Zuma (Loftus-Chik, 83), Matich (Villian, 66), Mozes (Fabregas, 54), Pedro, Kante, Azar, Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Diyego Kosta (33), Keyxill (48), Errera (73), Roxo (75), Fabregas (90), Ibrahimovich (90+1).

Mavzuga oid
Top