GM Uzbekistan uch modeldagi avtomobilni ishlab chiqarishni to'xtatdi

Texnologiya 17 Aprel 2017 106182

«GM Uzbekistan» AJ Tico, Epica va 2-avloddagi Nexia avtomobillari ishlab chiqarilishi bilan bog'liq ko'plab murojaatlar tufayli Tico modeli ishlab chiqarishdan 2004 yilda olinganini, Epica ishlab chiqarish 2012 yilda to'xtatilgani, 2-avloddagi Nexia esa 2016 yilning 1 avgustidan boshlab ishlab chiqarilmayotganini xabar qildi.

"2008 yilda Nexia avtomobilining modernizatsiyasi o'tkazildi. Bu iste`molchilar xohishi va bozor talablari tufayli amalga oshdi. 2-avloddagi Nexia modellarini ishlab chiqarishni to'xtatish ekologik standartlar va xavfsizlik tizimlari bo'yicha yangi talablarning joriy etilishi bilan bog'liq. Shuning uchun avtomobillarning eskirgan arxitekturasiga talab etilayotgan xavfsizlik va ekologiya tizimlarini tadbiq etish imkonsiz bo'lgani uchun, 2016 yilning o'rtalarida Nexia'ning 3-avloddagi yangilangan va zamonaviy modelini ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Bu model zamonaviy va iqtisod qiluvchi 1,5 l. dvigatel, ABS tizimi, xavfsizlik yostiqchalari, immobilayzer, kurs barqarorligi tizimi, DRL, ISOFIX bolalar avtoo'rindiqlarini joylashtirish imkoniga ega. Ishlab chiqarilayotgan uchinchi avloddagi Nexia avtomobillari barcha ekologik talablar va xavfsizlikning yuqori texnologiyali tizimiga javob beradi", - deya aniqlik kiritishdi kompaniyada.

Shuningdek, GM Uzbekistan’da ta`kidlashlaricha, model qatoridagi barcha o'zgarishlar, modifikatsiyalar, optsiyalar hamda avtomobillar narxi haqidagi ma`lumotni ishlab chiqaruvchi rasmiy sayt va Facebook’dagi sahifada taqdim etib boradi.

Ko'proq yangiliklar: