09:27 / 17.04.2017
30879

Qaysi televizorni tanlagan ma'qul

Zamonaviy televizorlar turli texnik parametrlar, format,  texnologiya va funksiyalar bilan kishini lol qoldiradi. Oddiy iste'molchi har doim ham ularni mustaqil tarzda tanlay olmaydi. E'tiboringizga har xil xususiyatlarga chalg‘imasdan, o‘z ehtiyojingiz uchun “to‘g‘ri” televizor tanlashda yordam beradigan layfxakni taqdim qilamiz.     

Televizorlar bozori ayni paytda jadal sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Bunday jarayonda qanday qilib hozirgi standartlarni hisobga olib, barcha yangi formatlar, to‘plagichlar, manbalar bilan mos keluvchi, uzoq vaqt davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan va mavjud texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan televizorni tanlash mumkin? Keling, bu mavzuni O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Samsung televizorlari misolida iste'molchilarning asosiy talablaridan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqsak.

Diagonal. Ekranlari kundan-kunga kattalashib bormoqda – bu hozirgi davrning muhim tendensiyalaridan biri bo‘lib, nafaqat televizor segmenti, balki mobil qurilmalar bozoriga ham talluqlidir. Buning sababi juda oddiy: ekran qanchalik katta bo‘lsa, tomoshadan olingan tassurot-da shunchalik kuchli bo‘ladi. Agar oldinlari «qutiga» joylangan ekran diagonali 72 santimetr (28 dyuym)  bo‘lgan  kineskopli televizorlar maksimal o‘lcham hisoblangan bo‘lsa, hozirgi kunda esa 32 diagonalli suyuq kritall displey o‘rnatilgan televizor keng va shinam zal uchun kichiklik qilmoqda – bugun bunday o‘lchamdagi televizorning o‘rni oshxonada, 40 dyuymli televizor esa yotoqxonaga mos keladi.  Mehmonxona uchun esa 46-49 (yoki bundan-da kattaroq bo‘lishi mumkin) dyuymli panellar eng maqbul yechim sanaladi.  O‘zbekistonda tayyorlanayotgan Samsung televizorlarining modellar qatorida yuqoridagi barcha ssenariylarga mos keladigan va bu boradagi shartlarga javob beradigan optimal o‘lchamli ekranlarga ega televizorlar mavjud.

Aniqlik formati. Ekranlarning kattalashishi o‘z-o‘zidan ulardagi aniqlik formatlarini oshirishga turtki berdi. Chunki yirik ekranda tasvirning tiniqligini ta'minlash uchun yuqori aniqlik formati talab etiladi. Katta diagonalli panellar o‘rnatilgan zamonaviy televizorlar  FullHD (1920x1080 piksel) formatiga ega bo‘lib, bu omil ekrandagi tasvirning sifatli va batafsil namoyish qilinishini ta'minlaydi. Ekran diagonali 40 va 49 dyuym bo‘lgan Samsung televizorlari FullHD formatiga ega va ular tasvirni tomoshabin uchun qulay sifatda ko‘rsatadi.  Qatordagi eng kichik panelga ega bo‘lgan 32 dyuymli televizor esa HD (1366 na 768 piksel) formatida tayyorlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich sifatli tasvir namoyishi uchun mazkur o‘lchamdagi televizorlarga yetarlidir.

Sifat va kafolat.  Ko‘plab mutaxassislarning fikricha, bozordan kelib chiqishi noma'lum va shubha uyg‘otadigan darajada arzon narxli televizorni xarid qilish kelgusida iste'molchiga turli noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, bunday mahsulotlar uzoq vaqt mobaynida xizmat qilmasligi, nosoz holga kelishi, ta'mirlash va ehtiyot qismlar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.  Samsung kompaniyasi ayni paytda yurtdoshlarimizga koreys texnologiyasi asosida xalqaro sifat standartlariga mos ravishda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maqbul narxdagi televizorlarni taklif qiladi. Shu bilan bir qatorda kompaniya ushbu televizorlar uchun yuqori darajadagi kafolat xizmatini ham taqdim etadi.  

Qulaylik.  Omadli xarid degandan nimani tushunamiz? Bizningcha, omadli xarid nafaqat foydali, balki shu bilan birgalikda qulay bo‘lishi hamda bunda xaridorga bir qator yoqimli optsiyalar taklif etilishi kerak. Bunga misol sifatida Samsung televizorlarini keltirish mumkin: mazkur televizorlarni o‘zingizga qulay to‘lov usullari orqali, shu jumladan, to‘lov kartalari yordamida ham rasman sotib olsa bo‘ladi.  Agar xarid uchun mablag‘ingiz yetmay qolsa, u holda Samsung televizorlarini kredit asosida ham xarid qilish imkoniyati mavjud. Kredit ajratish borasida qaror qabul qilish va uni rasmiylashtirishga esa bir necha daqiqa vaqt sarflanadi, xolos. Mamlakatizda ishlab chiqarilgan  Samsung televizorlarining barcha modellarini mamlakatimizdagi elektronika do‘konlaridan, jumladan, “Kredit Aziya” va “Media Park” savdo markazlaridan, nafaqat Toshkentdan, balki Samarqand, Buxoro, Xiva kabi boshqa shaharlardan ham sotib olishingiz mumkin.  Juda qulay, shundaymasmi!?

Sizga yoqimli xarid tilaymiz!

Aleksey Nikiforov,
IT-ekspert

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top