«Barselona» hujumchisi Lionel Messiga jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin sifati yoqmayapti, deya xabar bermoqda Tribuna.Uz.
Manba bergan xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchi bu haqda jamoadagi sherigi Luis Suaresga, Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvdan keyinoq ma'lum qilgan. O‘sha uchrashuvda Messi dublga erishgan va bitta golli uzatma muallifi bo‘lib, jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta'minlagandi.
Hozirgi vaqtda «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida 72 ochko mavjud va ular «Real»dan bitta uchrashuv ko‘p o‘tkazgan holda 3 ochko ortda qolmoqda. 33-turda «Barselona» aynan «Real»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Uchrashuv 23 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.