08:54 / 17.04.2017
6641

"Zenit" mag‘lub etildi. "Spartak" chempionmi?

Rossiya chempionatining 23-turida "Spartak" "Zenit"ga qarshi maydonga tushdi. "Otkrytiye Arena" stadionida kechgan o‘yin 2:1 hisobida "Spartak" foydasiga hal bo‘ldi. 

Mezbonlar 22-daqiqada Kvinsi Promes goli evaziga oldingi chiqib olishdi. Mehmonlar 66-daqiqada Artyom Dzyubaning goli bilan javob qaytarishdi. "Spartak"ning g‘alaba to‘pini esa 80-daqiqada Aleksandr Samedov kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ushbu o‘yindan so‘ng "Spartak" 54 ochko to‘plab, 2-o‘rinda borayotgan TsSKAni 10 ochko, 3-o‘rindagi "Zenit"ni esa 11 ochkoga ortda qoldirmoqda. 

Top