10:36 / 18.04.2017
4078

«Arsenal» «Midlsbro»dan ustun kelib, oltinchi o‘ringa qaytdi

«Arsenal» klubi Angliya chempionatining 33-turi doirasida «Midlsbro» bilan kechgan o‘yinda g‘alaba qozondi. Bahs Midlsbrodagi «Riversayd» stadionida bo‘lib o‘tdi hamda 1:2 hisobida yakunlandi.

Birinchi bo‘lim oxirlarida Aleksis Sanches standart vaziyatdan aniq foydalanib, «kanonirlarni» hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida Alvaro Negredo hisobni tenglashtirdi, biroq 71-daqiqada Mesut O‘zil London jamoasining ikkinchi to‘pini kiritdi hamda o‘z klubiga g‘alaba keltirdi.

«Arsenal» 57 ochko jamg‘ardi va APL turnir jadvalida oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Midlsbro» (24) 19-pog‘onada.

Midlsbro – Arsenal 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 42 Sanches, 1:1 – 50 Negredo, 1:2 – 71 O‘zil.
Midlsbro – Gyuzan, Barragan, Ayyala, Gibson, Fabio (Frend, 17), Kleyton, de Ron (Jyested, 79), Lidbitter, Dauning, Negredo, Ramires (Traore, 68).
Arsenal – Chex, Gabriel, Koselni, Holding, Oksleyd-Chemberlen, Remzi, Chaka, Monreal, O‘zil (Bellerin, 90), Sanches (Koklen, 90), Jiru.
Ogohlantirishlar: Oksleyd-Chemberlen (4), Lidbitter (7), Gabriel (43), Jyested (82).

Top