18:38 / 18.04.2017
16774

Buxoroda xalq bilan muloqotning zamonaviy innovatsion usuli joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasida Xalq bilan muloqot qilishning zamonaviy innovatsion usuli – videokonferents-aloqa tizimidan foydalanish joriy etildi.

Qabul grafigi asosida Viloyat hokimi, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri, viloyat prokurori hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining olis hududlardagi aholi bilan muloqot qilish, ularning murojaatini eshitishning videokonferents-aloqa tizimi joriy etildi.

Mazkur tizim viloyatdagi barcha tuman-shaharlarda o‘rnatilib, xalq bilan muloqot qilishda aholiga qulayliklar yaratib bermoqda, viloyat darajasidagi murojaatlarni viloyat boshqarma, tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual portalida viloyatdan murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlarini monitoring qilib borish tizimi joriy etilib, Xalq qabulxonasining kompyuter mutaxassislari uchun 15 aprel kuni o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan fuqaro murojaatlarining monitoring tizimi joriy etilib, har haftaning yakuni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilib kelinmoqda.

Murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish tizimini joriy etish bo‘yicha Xalq qabulxonasi Viloyat hokimligi bilan birgalikda turli soha vakillarini jal qilgan holda bir qator ishlarni amalga oshirish choralarini ko‘rmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi Tel: 0 365 220-1000  / 224-1500

Top