09:57 / 18.04.2017
8273

Turkmaniston prezidenti 2025 yilgacha mamlakatni kashandalardan tozalaydi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov 2025 yilgacha mamlakatni kashandalardan tozalash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda davlat axborot agentligi xabar qilmoqda.

Unga ko‘ra, davlat rahbari 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Milliy dasturni imzolagan. U Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tamakiga qarshi konvensiyasini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. 

Qayd etilishicha, dastur sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilish, salomatlik va fuqarolar umrini uzaytirish hamda Turkmanistonni 2025 yilgacha tamakidan xoli mamlakatga aylantirish maqsadida qabul qilingan. 

Ushbu dastur doirasida amalga oshiriladigan harakatlar rejasi ham tasdiqlangan. 

Top