01:54 / 19.04.2017
14314

«Atletiko» 4 yilda uchinchi marta YeChL yarim finaliga chiqdi

Yevropa chempionlar ligasining 1/4 final javob uchrashuvidan biri nihoyasiga yetdi. Unda «Lester» «Atletiko»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Saulning goliga ikkinchi bo‘limda Jyeymi Vardi javob berdi. Natijada ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «Atletiko» keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Bu «Atletiko»ning so‘nggi to‘rt mavsumdagi uchinchi yarim finaldagi ishtiroki bo‘ladi.

YeChL, 1/4 final
Lester (Angliya) – Atletiko (Ispaniya) 1:1 (0:1)

Gollar: Vardi (61) – Saul (26).
Lester: Shmeyxel, Morgan (Amarti, 84), Fuks, Simpson, Benaluan (Chiluell, 46), Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton, Marez, Okadzaki (Uloa, 46), Vardi.
Atletiko: Oblak, Godin, Savich, Filipe Luis (Korrea, 74), Ximenes, Ferreyra Karrasko (Torres, 69), Gabi, Koke, Saul, Grizmann, Xuanfran (Lyuka Ernandes, 56).
Dastlabki uchrashuv – 0:1

Top