22:57 / 19.04.2017
8162

«Barselona» - «Yuventus». Boshlang‘ich tarkiblar ma'lum

Yevropa chempionlar ligasining 1/4 finalidan o‘rin olgan so‘nggi ikki uchrashuvda maydonga tushadigan futbolchilar nomi aniq bo‘ldi.

Unga ko‘ra, «Barselona» tarkibida jangovar tarkib maydonga tushadigan bo‘ldi. Xaver Maskerano zaxirada qolgan bo‘lsa, Jordi Alba asosiy tarkibda maydonga tushdi. «Yuventus» xuddi birinchi o‘yinda maydonga tushgan tarkibni o‘rtaga tashladi.

«Monako» tarkibida Falkao va Bakayoko safga qaytganini ko‘rishimiz mumkin. «Borussiya» tarkibida esa Marko Roys safga qaytgan.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/4 final
Javob uchrashuvlari
«Barselona» - «Yuventus»
«Barselona»:
 Ter Shtegen; Alba, Pike, Umtiti; Rakitich, Buskets, Inesta, Serxi Roberto; Messi, Luis Suares, Neymar.
«Yuventus»: Buffon; Dani Alvesh, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro; Pyanich, Xedira, Kuadrado; Dibala, Mandjukich, Higuain.

«Monako» - «Borussiya» D
«Monako»: 
Subashich; Ture, Glik, Jyemerson, Mendi; Bernardu Silva, Bakayoko, Moutino, Lemar; Falkao, Mbappe.
«Borussiya» D: Byurki; Pishchek, Papastatopulos, Ginter, Durm; Vaygl, Shahin, Kagava, Roys, Gerreyru; Obameyang.

Top